Az Capital Az Capital
Az Capital - kelajakka sarmoya qilib
Biz haqimizda
Yangi sarmoyaviy imkoniyatlar olamiga xush kelibsiz! Sarmoya bu – mablag’ni ko’paytirish san’atidir. Aynan shu san’at tufayli moliyaviy erkinlikka erishgan ko’plab shaxslar o’z mablag’larini ko’paytirganlar va hozir ham ularning daromadlarining oshishiga sabab bo’lmoqda. Bugungi kunda sarmoya olami deyarli barcha uchun ochiq va istalgan odam o’zining bo’sh turgan mablag’larini inflyatsiyadan himoyalashi hamda daromad olishi mumkin.
Investitsion afzalliklar
Investitsion kompaniyalar va investitsion fondlar, banklarga nisbatan afzalroq sharoitlarni taklif eta oladi. Misol uchun, siz bankga pul omonat joylashtirib, yillik o’rtacha 5 foiz daromad olishingiz mumkin. Investitsion kompaniya boshqaruviga sarmoya kiritib esa, yillik o’rtacha 20-30 foiz daromad olishingiz mumkin. “Az Capital Investment Company” shunday investitsion kompaniyalar qatoriga kiradi va o’z sarmoyadorlariga dunyoning ilg’or investitsion fondlari taklif qilayotgan daromadlilikni taqdim eta oladi. Sarmoyadorlar o’z mablag’ini “Az Capital” kompaniyasiga sarmoya qilar ekanlar, ularning mablag’lari to’liq, professional boshqaruvchilar zimmasiga tushadi. Sarmoya qilingan mablag’lar kompaniya jamoasida faoliyat olib borayotgan professional boshqaruvchilarga taqsimlanadi, boshqaruvchilar esa o’z navbatida ushbu mablag’larni turli birja operatsiyalari uchun jalb etgan holda daromad keltiradilar. Albatta mablag’lar biror bir operatsiyaga jalb etilishidan avval, birja instrumentlari tizimli tahlil qilinib, puxta o’rganib chiqiladi, faqatgina bozorda eng qulay imkoniyatlar vujudga kelganida biror bitimlar amalga oshiriladi, daromadli bitimlar, sarmoya qilingan mablag’larning o’sishini ta’minlaydi.
Yuqori daromadlilik
Yuqori daromadli investitsiyalar odatiy moliyaviy intrumentlarga nisbatan yuqoriroq daromad ko'rsatgichlariga ega loyihalarga sarmoya kiritishdir
Batafsil o'qish
Xavfsizlik
Xar bir soxada xavfsizlik birinchi navbatda turgani kabi, moliyaviy bozorlarda ham xavfsizlikni unutmaslik lozim
Batafsil o'qish
Shaffoflik
Shaffoflik moliyaviy va biznes jarayonlarning eng ko'p muhokama qilib kelinadigan sifatlaridan biri.
Batafsil o'qish
Treyder kim?
Savdodagi muvaffaqiyat - bozorlarni yaxshi bilish va undan-da ko'proq o'zini chuqur anglash orqali keladi.
Treyder bo'lmoqchiman
So’ngi paytlarda internet, televidenie va radio orqali «treyder» so’zini tez-tez eshitishingiz mumkin. Millionlab insonlarda savol tug’ilishi mumkin: treyder o’zi kim va u qanday faoliyat bilan shug’ullanadi? Ko’pchilik insonlar treyderlarning faoliyatini yahshi bilaman deb o’ylaydilar, ammo uning asl mohiyatini tushunmaydilar. Treyder, ingliz tilidan olingan so’z bo’lib – savdo qiluvchi inson degan ma’noni bildiradi. Treyderlar moliyaviy bozorlarda savdo qiladilar. Ularning maqsadi – turli savdo operatsiyalaridan iloji boricha ko’proq daromad olish. Sodda qilib aytganda, treyderning daromadi, aktivlarni arzonroq narxlarda sotib olib qimmatroq narxda sotishdan hosil bo’ladi ya'ni olish va sotish narxlari orasidagi tafovut treyderning daromadi. Zaiflik, dangasalik, betayinlik treyderlarga xos bo’lmagan sifatlar. Ular hamisha bozorda bo’layotgan o’zgarishlardan xabardor, diqqati jamlangan va intizomli bo’lishlari kerak. Shu bilan birga, doimo o’z ustida ishlashi va o’z mahoratlarini oshirishi lozim. Muvaffaqiyatli treyderning vazifasi bu – doimiy o’z ustida ishlash, takomillashuv.
Treyderlar uyushmasi
Bizning treyderlar va tahlilchilarimiz doim o’z tajribasi hamda yangi g’oyalari bilan Az Capital community da do’stlashishga tayyor. Az Capital community – bu bir xil qiziqishga ega bo’lgan odamlar, muvaffaqiyatli savdo bo’yicha bilimlarini o’zaro bo’lishadigan onlayn uyushma. Uyushmada siz xamfikr do’stlar o’rtirishingiz hamda o’z g’oyalaringiz bilan bo’lishingiz mumkin.
Qo'shilish
Bog'lanish
  • Сайт: www.azcapital.uz
  • E-mail: info@azcapital.uz